Qirg‘iziston davlati va hukumatini vaqtincha kimlar boshqarib turishi aniq bo‘ldi

Qirg‘iziston davlati va hukumatini vaqtincha kimlar boshqarib turishi aniq bo‘ldi

Kecha Qirg‘iziston davlat rahbari vazifasini bajaruvchi, mamlakat bosh vaziri Sadir Japarov navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida ishtirok etishi munosabati bilan iste’foga chiqishini e’lon qilgani haqida xabar bergandik. U o‘z nomzodi ko‘rsatilgan hujjatlarni MSKga ham topshirib bo‘ldi. Shu munosabat bilan Japarov yuqoridagi vakolatlarni o‘zidan soqit qildi.

Endi Jogorku Kenesh spikeri Talant Mamitov vaqtinchalik prezidentlik vazifasini bajarib tursa, Artyom Novikov saylov natijalariga qadar hukumatni boshqaradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda bo‘lajak prezident saylovida qatnashadigan nomzodlar soni ayni paytgacha 50 dan oshgan. Ammo ro‘yxatga olish jarayonlari hali davom etyapti.

Da’vogarlar orasidan Japarovdan tashqari oldingi spiker Kanat Isayev, parlamentning qator sobiq a’zolari, siyosatchilardan tashqari blogerlar va boshqa fuqarolik jamiyati faollari, pedagoglar, huquqshunoslar, pensionerlar, vaqtincha ishsizlar ham joy olgan.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!