Qashqadaryoda yigit janjallashib, sinfdoshini temir bo‘lagi bilan urdi

Qashqadaryoda yigit janjallashib, sinfdoshini temir bo‘lagi bilan urdi

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 4 iyul kuni tungi vaqtda tumanning Qayrag‘och mahalla fuqarolar yig‘ini hududida sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, ikki sinfdosh o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Ta’kidlanishicha, SH.R. ismli yigit tortishuv paytida SH.J.ning qorin qismiga temir bo‘lagi bilan urgan.

Qayd etilishicha, u buning oqibatida og‘ir tan jarohati olgan. Shuningdek, mazkur holat viloyat IIB va tuman IIB mas’ul xodimlari va jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama qilingan.

Avvalroq Toshkent viloyatida 2 erkak janjallashib, biri boshqasining boshiga bilyard tayog‘i bilan urgani xabar qilingan. Shuningdek, Toshkentdagi maktablarning birida 10-sinf o‘quvchisi 11-sinf o‘quvchisiga og‘ir tan jarohati yetkazgani ma’lum qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!