Qashqadaryoda traktorchining ehtiyotsizligi oqibatida traktor yonib ketdi

Qashqadaryoda traktorchining ehtiyotsizligi oqibatida traktor yonib ketdi

Qashqadaryoning Shahrisabz tumanida yashovchi 25 yoshli A.E. 14 iyun kuni soat 7:50 larda «T—28» traktori bakiga yelim idishdagi dizelni quyayotgan vaqtida, haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida yong‘in kelib chiqqan.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Oqibatda traktorning yoqilg‘i baki va kabina qismi yonib zarar ko‘rgan. IIVning qayd etishicha, yong‘inni o‘chirish vaqtida A.E. kuyish jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan.

«Surishtiruv ishlari olib borilmoqda», — deyiladi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi axborotida.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!