Qarzdor alimentchi ota 15 kunga qamaldi

Qarzdor alimentchi ota 15 kunga qamaldi

Nukus tumanlararo fuqarolik ishlari bo‘yicha sudining 26.09.2016 yilgi buyrug‘iga asosan, qarzdor B.Karamovdan undiruvchi A.Utambetovaning foydasiga, uning tarbiyasidagi besh nafar farzandining ta’minoti uchun aliment pullarini to‘lash belgilangan.
Lekin, qarzdor o‘zida mas’uliyatni sezmay, o‘z farzandlariga atalgan aliment pullarni bir necha oy davomida qasddan to‘lamay keladi. 
Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorning yashash joyi ko‘zdan kechirilganda, undiruvchi A.Utambetova bilan bir xonadonda ro‘yxatda turganligi sababli, uni topish imkoniyati bo‘lmaydi va unga nisbatan qidiruv e’lon qilinadi.
26.04.2019 yili Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limi xodimi tomonidan qarzdor ushlanib, 32 oy uchun 24 mln. 372 ming 480 so‘m aliment qarzdorligini qasddan to‘lamaganligi uchun, sud tomonidan unga nisbatan MJtKning 47-4 moddasi bilan 5 kunlik qamoq jazosi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!