Putin Fattoh Shodiyevni «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi

Putin Fattoh Shodiyevni «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin farmoni bilan ICF Xalqaro fondi asoschisi Fattoh Shodiyev uzoq yillik samarali faoliyati hamda san’at va madaniyat sohasidagi xizmatlari uchun “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.

24 sentyabrda Kremlda RF prezidenti administrasiyasi rahbari o‘rinbosari ishtirokida taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

“Madaniyat, san’at va ilm-fanni qo‘llab-quvvatlash – fondimizning asosiy va muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Biz imkon qadar ko‘proq insonlar foydalanishlari uchun intilamiz. Qilgan ishimiz uchun bunday yuqori mukofot bilan taqdirlanish men uchun katta sharaf. Bu, shubhasiz, to‘g‘ri yo‘ldan borayotganimizni tasdiqlaydi” degan Fattoh Shodiyev.

Qayd etilishicha, Fattoh Shodiyev Xalqaro fondi Rossiyada MGIMOning stipendiya va o‘quv dasturlari, ilmiy adabiyot nashri va boshqa loyihalarni uzoq yillardan beri moliyalashtirib keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!