Portlash: ota o‘g‘lini deb qizini ajalga tashlab ketdi, ammo... (foto)

Portlash: ota o‘g‘lini deb qizini ajalga tashlab ketdi, ammo... (foto)

Londonlik 61 yoshli Metyu Lins og‘ir judolikka uchradi.

Yakshanba kuni u 15 yoshli qizi va 19 yoshli o‘g‘li Deniyel bilan birga Kolombodagi Shangri-La mehmonxonasi restoraniga nonushta qilish uchun keladi. Buni qarangki, oradan hech qancha vaqt o‘tmay aynan shu yerda portlash sodir bo‘ladi. Ota ikki o‘t orasida qoladi: yo qizi, yog‘i o‘g‘lini qutqarishi kerak, qaysi biriga birinchi yordam ko‘rsatishni bilmaydi. Keyin esa o‘sha yerdagi ayollardan biri qiziga yordam berishini aytgach, ahvoli og‘irroq bo‘lgan o‘g‘lini ko‘targancha kasalxonaga shoshiladi.

Metyu behush o‘g‘lini o‘ziga keltirishga urinadi, ammo bu samara bermaydi. Afsuski, o‘g‘li kasalxonada vafot etadi.

Shundan so‘ng taqdirga tan bergan ota portlash sodir bo‘lgan joyga qaytib, qizini topa olmaydi. Keyin esa qizi ham o‘g‘li kabi halok bo‘lganini anglaydi. O‘g‘lini qutqarishga shoshilib, qizini tashlab ketgan ota yakunda ikkala farzandidan ham judo bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Shri-Lankadagi portlash oqibatida 321 nafar inson halok bo‘ldi, 520 dan ortig‘i esa jarohatlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!