Polisiyachilar Qur’oni karimning yoqilishiga yo‘l qo‘yilmadi

Polisiyachilar Qur’oni karimning yoqilishiga yo‘l qo‘yilmadi

Norvegiyaning Kristiansann shahri hokimi Harald Furre 16 noyabr kuni islomofob bir guruhning Qur’oni karimga ko‘rsatgan hurmatsizligini qoraladi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar bermoqda.

Furrening so‘zlariga ko‘ra, “Norvegiyaning islomlashuvini to‘xtating” (SION) deb ataluvchi radikal guruhning aksiyasiga hokimlik emas, polisiya ruxsat bergan. Biroq polisiyachilar Qur’onning yoqilishiga yo‘l qo‘ymagan. Shundan so‘ng guruh yetakchisi Arne Tumir ikkita Qu’onni axlatga uloqtirgan.

SION guruhining ushbu hurmatsizligini Turkiya tashqi ishlar vazirligi ham qattiq qoraladi.

Eslatib o‘tamiz, Kristiansann muhojirlar zich yashaydigan shahar hisoblanadi.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!