Pokiston bosh vaziri islom dunyosida "Yil odami" deya e’tirof etildi

Pokiston bosh vaziri islom dunyosida "Yil odami" deya e’tirof etildi

Iordaniya hoshimiylar qirolligida faoliyat yurituvchi mashhur Qirollik strategik tadqiqotlar islom instituti Pokiston Islom Respublikasi bosh vaziri Imron Xonni islom dunyosida "Yil odami" deya e’tirof etdi.

Dawn axborot agentligining ma’lum qilishicha, Imron Xon Hindiston bilan tinchlikka erishish borasida amalga oshirgan urinishlari uchun musulmon olamidagi eng nufuzli inson sifatida e’tirof etilgan.

Bundan tashqari, Institut ekspertlari Imron Xonning aholining kam ta’minlangan qatlamiga ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan islohotlarini yuqori baholadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!