«Oltin to‘p» uchun da’vogarlar reytingi e’lon qilindi

«Oltin to‘p» uchun da’vogarlar reytingi e’lon qilindi

Goal nashri o‘z talqiniga ko‘ra 23 may kuni «Oltin to‘p» uchun nomzod futbolchilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.

Qatorisiga 6 haftadan buyon reytingning eng yuqori pog‘onasini Karim Benzema («Real Madrid») egallab turibdi. Kuchli uchlikka «Liverpul» hujumchilari Sadio Mane va Muhammad Saloh kirishgan. «Bavariya» futbolchisi Robert Levandovski to‘rtinchi pog‘onani egallab turgan bo‘lsa, Kilian Mbappe kuchli beshinchi pog‘onani egallagan.

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne esa ko‘tarilishda davom etmoqda. Bu safar u Vinisiusni ortda qoldirgan holda 6-o‘ringa chiqib oldi.

Shu paytgacha muntazam kuchli yigirmalikda bo‘lgan Xarri Keyn («Tottenxem») va Erling Xoland («Borussiya Dortmund») bu safar reytingni tark etishdi. Ularning o‘rnini Rodri («Manchester Siti») va Rafael Leau («Milan») egallashdi.

Top-20lik bilan tanishing:

1 (1). Karim Benzema — «Real Madrid»
2 (2). Sadio Mane — «Liverpul»
3 (3). Muhammad Saloh — «Liverpul»
4 (4). Robert Levandovski — «Bavariya»
5 (5). Kilian Mbappe — «PSJ»
6 (7). Kevin de Bryuyne— «Manchester Siti»
7 (6). Vinisius Junior — «Real Madrid»
8 (8). Luka Modrich — «Real Madrid»
9 (9). Fil Foden— «Manchester Siti»
10 (10). Trent Aleksander-Arnold — «Liverpul».
11 (11). Bernardu Silva — «Manchester Siti»
12 (13). Luis Dias — «Liverpul»
13 (12). Tiago Alkantara — «Liverpul»
14 (14). Tibo Kurtua — «Real Madrid»
15 (16). Kristofer Nkunku — «Leypsig»
16 (15). Virjil van Deyk — «Liverpul»
17 (17). Son Xyong Min — «Tottenxem»
18 (yangi). Rodri — «Manchester Siti»
19 (18). Riyod Mahrez — «Manchester Siti»
20 (yangi). Rafael Leau — «Milan»

Izoh: qavs ichida reytingdagi avvalgi o‘rni berilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!