Norvegiya Ukrainaga Leopard 2A4 tanklarini saqlash uchun 13 million dollar xayriya qildi

Norvegiya Ukrainaga Leopard 2A4 tanklarini saqlash uchun 13 million dollar xayriya qildi

Norvegiya hukumati avvalroq taqdim etgan Leopard 2A4 tanklariga texnik xizmat ko‘rsatish uchun Kiyevga 13 million dollar o‘tkazdi.

Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Byorn Arild Gram ma’lum qildi.

“Hayriya qilingan materiallarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish zaruriyatini inobatga olgan holda, Norvegiya Polshadagi xizmat ko‘rsatish markazida Leopard 2A4 tanklariga texnik xizmat ko‘rsatish uchun 150 million Norvegiya kronigacha mablag‘ ajratadi”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!