Nihoyat! Xayrulla Hamidov jahon chempionati o‘yinlarini sharhlaydi

Nihoyat! Xayrulla Hamidov jahon chempionati o‘yinlarini sharhlaydi

Bugun o‘zbek futbol muxlislarini Ravshan Ermatovning ishtirokidan tashqari, yana bir debyut kutib turibdi.

Mashhur futbol sharhlovchisi Xayrulla Hamidov 12 yillik tanaffusdan so‘ng jahon chempionati o‘yinlarini sharhlaydigan bo‘ldi.
Bu kelishuv O‘zbekiston Futbol Federasiyasi tashabbusi bilan amalga oshgan.

«Uzreport TV» kanali va O‘zbekiston Futbol Assosiasiyasiga yo‘llangan juda ko‘p murojaatlar va futbol muxlislari talab va istaklarini inobatga olib, «Uzreport TV» telekanali Xayrulla Hamidov bilan hamkorlik qiladigan bo‘ldi. Aslida MTRK “Sport” xodimi bo‘lgan sharhlovchi Xayrulla Hamidov mundial paytida shartnoma asosida, «»Uzreport TV» va «Futbol» kanallarida jonli translyasiya qilinadigan ba’zi o‘yinlarini sharhlaydi.

Bir necha daqiqalardan so‘ng, soat 17.00 da boshlanadigan Daniya va Avstraliya o‘rtasidagi o‘yinda sevimli sharhlovchingizning ovozini «Uzreport TV» telekanalidagi translasiya orqali eshitishingiz mumkin bo‘ladi.

Manba: hordiq,uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!