Nigeriyada o‘g‘irlab ketilgan o‘quvchilar hali ham topilmadi

Nigeriyada o‘g‘irlab ketilgan o‘quvchilar hali ham topilmadi

Nigeriyaning shimolidagi Kankara shahridagi maktabdan olib qochilgan yuzlab o‘quvchidan hali ham xabar yo‘q. O‘quvchilarning bari o‘g‘il bola. 

“Evronyus” xabarida aytilishicha, o‘quvchilarning ota-onalari xavotir bilan kutishda davom etmoqda.

Uch yuzdan ziyod o‘quvchi juma kuni kechqurun o‘g‘irlab ketilgan. Shundan so‘ng Nigeriya polisiyasi va armiyasi maxsus operasiya boshladi. Mamlakat prezidenti Muhammad Buxoriyning aytishicha, bolalarni o‘g‘irlagan guruh o‘rmonga yashiringani aniqlangan va ular bilan qurolli to‘qnashuv yuz bergan.  

Biroq o‘quvchilarni aynan qaysi guruh olib qochgani haligacha noma’lum. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!