Nega musulmonlar boshiga musibatlar keladi?

Nega musulmonlar boshiga musibatlar keladi?

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam ummatlari boshiga keladigan musibatlar, fitnalar, qiyomatning katta-kichik alomat-belgilari haqida xabar berib ketgan ekanlar.

Alloh ta’olo o‘tgan  ummatlarga fitna va musibatlarni adli bilan balo qilib yuborgan, Payg‘ambarimiz ummatlariga esa fazli va marhamati bilan gunohlariga kafforat bo‘lishi uchun yuborarkan.

Abu Dovud Abu Muso al-Ash’ariydan rivoyat qilgan hadisda: "Bu mening ummatim Alloh o‘z rahmatiga olgan ummatdir.Ularga oxiratda azob yo‘q,ularning azobi bu dunyodagi fitnalar, zilzilalar va qirg‘inlardir" - deb marhamat qilganlar.

Mulla Ali al-Qoriy: "O‘tgan ummatlarga Olloh taolo adli bilan hukm qilib,ularning qilgan qilmish-gunohlari sabab azob yuborib halok qilgan. Ummati Muhammadga esa adli bilan emas, fazli-rahmati ila hukm qilib, fitna, zilzila, musibatlarni bu dunyoda gunohlariga kafforat bo‘lishi uchun yuboradi.

So‘nggi asrlarda  musulmonlar boshidan turli qiyinchilik, musibatlar arimay qoldi. Bularda ham biz ko‘ra olmagan, bilmagan Allohning hikmatlari bor eken. Zero, aksar  shirin lazzatli narsalar foydali, achchiq, yoqimsiz narsalar esa  zararli degani emas...


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!