Nega matematikada noma’lum son "X" harfi bilan belgilanadi?

Nega matematikada noma’lum son "X" harfi bilan belgilanadi?

Hikoya IX asrda Xorazmda boshlangan. U yerda matematik al-Xorazmiy tenglamalar yechish fanining asosi - algebrani yaratgan. Uning nomi arabcha "al-jabr" atamasidan kelib chiqqan bo‘lib, belgini o‘zgartirgan holda tenglama a’zosini chapdan o‘ngga almashtirish ma’nosini anglatadi.

Al-Xorazmiy hali formuladan foydalanmagan va tenglamalarni so‘z bilan yozardi. U noma’lum miqdorni "shey" (arabchadan "narsa") deb atagan. Masalan: 3ta "narsa" jami 15 bo‘lsa, demak har 1 "narsa" 5ga teng deb e’tirof etadi. 

XII asrda al-Xorazmiy kitoblari Ispaniyaga yetib keldi. U yerda noma’lum narsa “xei” deb yozila boshlandi. Chunki eski ispan tovushida Sh harfi X harfi bilan yozilardi. Borib borib, xei so‘zi, bir harf, x harfigacha qisqarib ketdi. 

Dekart 1637 yilda nashr etilgan mashhur "Geometriya"ga aynan shu ispancha "x" harfini qo‘shdi. Fransuz tilida bu xat "ks" deb o‘qilgan va "iks" deb aytilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!