Navoiylik fuqaroning o‘z uyida qimorxona ochdi, ammo...

Navoiylik fuqaroning o‘z uyida qimorxona ochdi, ammo...

Navoiy viloyatining Xatirchi tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan tumanning “Zarafshon” MFY hududida o‘z uyida qimorxona faoliyatini yo‘lga qo‘ygan fuqaroning jinoiy harakatlari fosh etildi, deya yozmoqda Xalq so‘zi.

Mahallada istiqomat qiluvchi S.R. o‘z uyida pul tikib karta o‘ynashni tashkil etgan va qimorbozlar uchun barcha “shart-sharoit”larni yaratib bergan. Tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu xonadonda uy egasi bilan birga yana olti kishi qimor o‘yini ustida qo‘lga olindi.

Tadbir davomida qimorbozlardan 3 million 230 ming so‘m pul xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida olindi. Huquqbuzarga nisbatan JKning 278-moddasiga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!