NASA: Oyni o‘zlashtirish uchun uning yaqinida stansiya barpo etadi

NASA: Oyni o‘zlashtirish uchun uning yaqinida stansiya barpo etadi

Kosmosni tadqiq etish Aeronavtika Milliy Boshqarmasi(NASA) matbuotxizmatining ma’lum qilishicha, NASA oyni tadqiq etish bo‘yicha muhim qadamni qo‘ygan va "Artemida" dasturini ishga tushirgan.

NASA mutaxassislarining ma’lumotlariga ko‘ra, Oyni tadqiq etishda, avvalo, Oy yaqinida quyosh energiyasi bilan ishlaydigan Gatewey stansiyasi quriladi.

"Quyosh energiyasi bilan ishlaydigan dvigatel bilan jihozlanadigan va Oy yaqinida ishga tushiriladigan yangi stansiya kelajakda Oyni samarali tadqiq etishga yordam beradi. Yangi stansiya Yer va Oy o‘rtasida ko‘prik va baza vazifasini bajarib beradi. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri Oyga kosmik apparatlar uchirishdan ko‘ra samaraliroq bo‘ladi. Shuningdek, ushbu stansiyaning o‘zidan turib ham ma’lum tadqiqotlarni olib borsa bo‘ladi" deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!