Namanganda 30 ta jarimasi bor Lacetti jarima maydonchacidan joy oldi

Namanganda 30 ta jarimasi bor Lacetti jarima maydonchacidan joy oldi

Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasi qidiruv sho‘’basi inspektorlari tomonidan olib borilgan tadbirda qidiruvdagi transport vositasi topildi. Mazkur avtotransport vositasi, shuningdek, bankning garovida ekanligi ham aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro B. A boshqaruvidagi Lacetti avtomashinasi oz emas, ko‘p emas, naqd 30 marotaba yo‘l harakati qoidalarini buzgan. Haydovchiga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llanilgan. Biroq, qarzdor uni to‘lash o‘rniga, transport vositasini berkitib qo‘ygan. Hech kim bilmaydi yoki ko‘rmaydi deb ahyon-ahyonda minib yurgan. Transport vositasiga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. Ustiga-ustak mazkur transport vositasi bankdan olingan kredit evaziga garovga ham qo‘yilgani aniqlandi. Kuni kecha olib borilgan tezkor tadbirda mazkur transport vositasi topildi. 30 ta to‘lanmagan jarima va Kapital bank foydasaga 189.077.134 so‘m qarzdorligi uchun xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi. Umuman olganda, boshqarma qidiruv sho‘’basi inspektorlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 1000 dan ortiq transport vositalari topilgan.

Bu kabi tadbirlar davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!