EI Rossiya gazini Ukraina orqali yetkazib berish bo‘yicha shartnoma muddati tugashidan xavotirda

EI Rossiya gazini Ukraina orqali yetkazib berish bo‘yicha shartnoma muddati tugashidan xavotirda

Evropa Ittifoqi Rossiya gazini Ukraina orqali yetkazib berish bo‘yicha shartnoma muddati 31 dekabrda tugashidan xavotirda, deb yozadi Handelsblatt manbalarga tayanib.

Bu, ayniqsa, Rossiya Federasiyasidan gaz olishda davom etayotgan Avstriya, Vengriya, Slovakiya va Chexiyaga tegishli, deya qayd etadi nashr.

Ukraina energetika vaziri avvalroq Kiyev kelishuvni uzaytirish niyatida emasligini bildirgan edi. Shu munosabat bilan Yevropa Ittifoqi Gazprom bilan yangi gaz tranziti shartnomasini tuzish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!