Qozog‘iston Xitoyga eksport qilinadigan don miqdorini 2 mln tonnaga yetkazmoqchi

Qozog‘iston Xitoyga eksport qilinadigan don miqdorini 2 mln tonnaga yetkazmoqchi

Qozog‘iston Xitoyga eksport qilinadigan don miqdorini 2 million tonnagacha oshirishga tayyor. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan muzokaradan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida Davlat rahbari Qasim-Jomart Toqayev aytib o‘tdi.

“Biz qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni jonlantirish masalasini muhokama qildik. Bu borada qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Qishloq xo‘jaligida aqlli tizimlardan foydalanish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada biz Xitoy tajribasi va texnologiyalaridan foydalanish, real investisiya loyihalarini birgalikda amalga oshirishdan manfaatdormiz”, - dedi Qasim-Jomart Toqayev.

Davlat rahbari Qozog‘iston tomonidan Xitoyga eksport qilingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari o‘tgan yili ikki barobar ortib, 1 milliard dollarga yetganini ta’kidladi.

“Biz Xitoy bozoriga sifatli va tabiiy go‘sht mahsulotlari, yog‘li va boshoqli ekinlar eksportini oshirishdan manfaatdor ekanimizni ta’kidladik. Ayni paytda Qozog‘istonning 2 million tonna g‘allasini yetkazib berishga tayyormiz. Bu boradagi hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlarini qo‘llab-quvvatlagani uchun rais Si Szinpinga minnatdorlik bildiraman”, - dedi Qozog‘iston Prezidenti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!