Rossiya Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Parlament assambleyasini tark etdi

Rossiya Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Parlament assambleyasini tark etdi

Rossiya Federasiyasining senati — Federasiya kengashi va Davlat Dumasi Rossiya delegasiyasining Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT)ning Parlament assambleyasida ishtirokini to‘xtatish to‘g‘risida bayonot qabul qildi.

«Rossiya senatorlari va Davlat dumasi deputatlari Rossiya Federasiyasi Federal kengashi delegasiyasining YEXHT parlament assambleyasida ishtirok etish, shuningdek YEXHT PA byudjetiga badallar to‘lashni asosli va qonuniy deb hisoblaydi», — deya iqtibos keltirmoqda «RIA Novosti» Rossiya parlamentini har ikki palatasi bayonotidan.

Bayonotda qayd etilishicha, ishtirok to‘xtatilgan davrda YEXHT PAning «Rossiya delegasiyasiga ziyon yetkazish» maqsadidagi har qanday harakatlari va qoida o‘zgarishlari yuridik tomondan ahamiyatsiz deb sanaladi.

Avvalroq Rossiya parlamentining qo‘yi palatasi — Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin Rossiya YEXHT PA doirasida o‘z pozisiyasini aytishga ruxsat berilmayotganiga toqat qila olmasligi, ortiq «bu jinlar bazmini moliyalashtirmasligi»ni aytgan edi. Bu qaror uchun u mas’uliyatni «Vashington va Bryussel» zimmasiga yuklagan. O‘z navbatida, Rossiyaning YEXHT PAdagi delegasiyasi raisi Pyotr Tolstoy bu maydonchadagi muloqot «amalda yakunlangani», barcha muhokamalar «ochiqcha rusofob xarakterda» ekanini ta’kidlagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!