Osiyo boks konfederasiyasi IBA a’zoligidan chiqmoqchi

Osiyo boks konfederasiyasi IBA a’zoligidan chiqmoqchi

Bu haqda Osiyo boks konfederasiyasining rasmiy bayonoti e’lon qilindi.

Xabaringiz bor, yaqinda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi 2028 yil Los-Anjelesda (AQSh) bo‘ladigan Olimpiya o‘yinlari doirasida boks sport turini musobaqa dasturidan chiqarish ehtimoli haqida ogohlantirgan edi

Osiyo boks konfederasiyasi holatni inobatga olgan holda XOQni qat’iy ravishda qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Bayonotda aytilishicha, XOQ Xalqaro boks assosiasiyasi (IBA)ni boshqaruv organi sifatida tan olishni to‘xtatganidan so‘ng, IBA'ning ayni damdagi a’zolari Los-Anjeles Olimpiadasida ishtirok etishlariga to‘sqinlik qilishi mumkin.

Ushbu holatda Osiyo boks konfederasiyasi direktorlar kengani keyingi qadamlarni belgilab olish maqsadida 26 iyun kuni yig‘ilish o‘tkazgan. Yig‘ilishda esa favqulodda kongress o‘tkazish taklifi ma’qullangan.

Navbatdan tashqari kongress 31 avgust kuni Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tadi.

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi IBA'ni tan olmasligini hisobga olib, Osiyo boks konfederasiyasi kongressda Jahon boks (World Boxing) tashkiloti a’zoligiga kirish masalasini ko‘rib chiqadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!