Toshkent viloyatida fuqarolar o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi

Toshkent viloyatida fuqarolar o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar o‘rtasida janjal aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, holat kecha, 2 iyul kuni Ohangaron tumani “Yangihayot” mahallasi “Veterok” dala hovlilari hududida sodir bo‘lgan.

Fuqaro 1968 yilda tug‘ilgan S.R. ko‘chaga chiqindi tashlagan vaqtida qo‘shnisi 1996 yilda tug‘ilgan I.N. bunga e’tiroz bildirgan va oralarida janjal kelib chiqqan.

Bu vaqtda videotasvirda ko‘ringan ayollar ularni ajratish uchun o‘rtaga tushgan. Fuqarolar keyinchalik o‘zaro yarashib olishgan va voqea yuzasidan IIBga murojaat qilmagan.

Hozirda Ohangaron tumani IIB tomonidan holat nazoratga olinib, qo‘shimcha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!