"Xalq puli" yo‘q "Davlat puli" degan Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi rahbariga hayfsan berildi

"Xalq puli" yo‘q "Davlat puli" degan Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi rahbariga hayfsan berildi

Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi rahbari Salohiddin Nuriyevga hayfsan intizom chorasi qo‘llanildi.

Adliya vazirligi e’lon qilgan bayonotga ko‘ra, bunga uning matbuot anjumanida aytgan so‘zlari sabab bo‘lgan.

Amaldor OAV vakillari bilan uchrashuvda "xalq puli" degan tushuncha yo‘qligi, byudjet mablag‘i "davlat puli" ekanini aytib chiqqandi.

Shuningdek, Nuriyev davlat xodimlarini muhokama qilish borasida ham bahsli fikr bildirgan.

Adliya boshlig‘i mazkur fikrlarni Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktyabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalaridan kelib chiqib bayon etganini bildirgan.

"O‘rganish yakunlari boshqarma boshlig‘i yuqoridagi fikrlarini jamoatchilikka yetkazishda qonunchilikka tayanmaganini, asosli va tahliliy yondashmagani, ayrim o‘rinlarda shaxsiy qarashlaridan kelib chiqib tushuntirish berganligini ko‘rsatdi.

Shu bilan birgalikda viloyat adliya boshqarmasi mazkur matbuot anjumanidagi videoparcha tarqab ketgandan keyin bayonot bermasdan, natijada jamoatchilik munosabatini o‘zgartirish, uni yumshatish choralarini ko‘rishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan" deyiladi vazirlik xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!