Zelenskiy Trampni “urushni tugatish rejasi”ni oshkor qilishga chaqirdi

Zelenskiy Trampni “urushni tugatish rejasi”ni oshkor qilishga chaqirdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Qo‘shma Shtatlarning 45-prezidenti Donald Trampni mamlakatdagi tinchlik kelishuvi bo‘yicha o‘z qarashlarini ochiq aytishga chaqirdi.

Ukraina rahbari tinchlik bo‘yicha takliflarini tinglash uchun Tramp bilan uchrashishga “potensial ravishda tayyor”ligini bildirgan. Zelenskiy mojaroga barham berishga qaratilgan har qanday reja mamlakat suverenitetini buzmasligi kerakligini ta’kidlagan.

Agar Donald Tramp bu urushni qanday tugatishni bilsa, u bu haqda bugun aytishi kerak, — deydi Zelenskiy.

Zelenskiy agar Ukraina mustaqilligi uchun xavf mavjud bo‘lsa, mamlakat bunga tayyor bo‘lishi kerakligini aytgan. U Ukraina noyabr oyida AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanadimi yoki butunlay yolg‘iz qoladimi, tushunishni istashini qo‘shimcha qilgan.

Avvalroq Tramp agar hokimiyatda qolsa, Ukrainadagi mojaroni 24 soat ichida hal qila olishini bir necha bor aytgan edi. Bloomberg’ga ko‘ra, agar Tramp bu yilgi saylovlarda g‘alaba qozonsa, u Kiyevni Moskva bilan muzokara olib borishga majbur qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!