Telegram pulli reaksiyalarni sinovdan o‘tkazishni boshladi

Telegram pulli reaksiyalarni sinovdan o‘tkazishni boshladi

Telegram pulli reaksiyalarni sinovdan o‘tkazishni boshladi, deya xabar berdi “Telegram Info” messenjerning manba kodiga tayanib.

Nashri pulli reaksiyalarga ega bo‘lgan kanal egasi “yulduz"larni “Toncoin” kriptovalyutasiga almashtira oladi.

Muqobil “Telegram” mijozi ishlab chiqaruvchisi ushbu bosqichda funksiya qanday ko‘rinishini ko‘rsatdi. Reaksiya oltin yulduzni ifodalaydi.

Bir vaqtning o‘zida bir yoki yuztacha yuborish mumkin. Xizmat shuningdek, eng ko‘p pul to‘lagan reaksiyalarni joylashtirgan uch foydalanuvchining profilini ham ko‘rsatadi.

Ushbu xayriyalar haqida eslatma allaqachon kontent mualliflari uchun foydalanish shartlariga kiritilgan. So‘zlarga qaraganda, reaksiyani qo‘shish uchun kanal bir qator talablarga javob berishi kerak.

“Telegram” 2024 yil iyun oyida “Stars” ichki valyutasini ishga tushirgandi. Yulduzlarni “App Store” va “Google Play” orqali ilova ichidagi xaridlar yoki “PremiumBot” orqali xarid qilib, ularni botlar tomonidan taklif etiladigan raqamli mahsulotlar, elektron kitoblar va onlayn kurslardan tortib “Telegram” o‘yinlaridagi buyumlargacha sarflash mumkin.

Virtual valyuta “Apple” va “Google” kompaniyalarining raqamli mahsulotlar savdosiga oid oxirgi siyosatlariga mos keladi.

Shuningdek, “Telegram” ekotizimidagi dasturchilar va ularning foydalanuvchilariga mobil ilovalar do‘konlarida ilova ichidagi xaridlar imkoniyatidan misli ko‘rilmagan darajada foydalanish imkonini beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!