Messi ham Olimpiadaga bormaydi

Messi ham Olimpiadaga bormaydi

Argentina olimpiya jamoasining Parij-2024 Olimpiadasi uchun qaydnomasi ma’lum bo‘ldi.

Argentina olimpiya jamoasi bosh murabbiyi Xavyer Maskerano 18 futbolchidan iborat ro‘yxatga 23 yoshdan katta 3 nafar o‘yinchi limitiga – Xulian Alvares, Xeronimo Rulli va Nikolas Otamendini taklif etdi. Lionel Messi Olimpiadada ishtirok etmaydigan bo‘ldi. Bu uning Kopa Amerikadagi ishtiroki bilan bog‘liq.

Messi ham Olimpiadaga bormaydi

Ma’lumot uchun, Olimpiada guruh bosqichida Argentina Marokash (24 iyul), Iroq (27 iyul) va Ukraina (30 iyul) olimpiya jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Avvalroq, Maskerano Lionel Messini Parij-2024ga olib bormoqchi ekani haqida gapirgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!