Qarshida aqli zaif, 2-guruh nogironi bo‘lgan ayol qidiruvga berildi

Qarshida aqli zaif, 2-guruh nogironi bo‘lgan ayol qidiruvga berildi

Bedarak yo‘qolgan Qarshi tumani “Taxtapul” MFY Taxtapul qishlog‘ida yashagan fuqaro Nazarova Shahnoza Asqarovna qidirilmoqda.

U 2021 yil noyabr oyining oxirlarida Koson tumani “Shirintepa” MFYdan chiqib, bedarak yo‘qolgan. Nazarova Shaxnoza Asqarovna – 1999 yil 30 mart kuni Qarshi shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, maktabga o‘qimagan, turmushga chiqmagan, muqaddam sudlanmagan, ishsiz, 2-guruh nogironi, aqli zaif.

Alohida belgilari: bo‘yi 150-160 sm.lar atrofida, bug‘doy rangli, ozg‘indan kelgan, sochi, qoshlari va ko‘zlari qora rangda, sochining old qismida oqargan joyi bor, bosh qismi odatdagidan ko‘ra kattaroq, duduqlanib gapiradi.
Egnida qora rangli kurtka, qora rangli lasina va qora rangli shapkasi bo‘lgan.

Yuqoridagi shaxc haqida biror ma’lumotga ega fuqarolardan 102 raqami yoki yaqin oradagi ichki ishlar bo‘limiga xabar berishlari so‘raladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!