Usik yetakchi, Kanelo — 4, Bivol 7-o‘rinda. The Ring jurnali talqiniga ko‘ra iyun oyining eng yaxshi bokschilari

Usik yetakchi, Kanelo — 4, Bivol 7-o‘rinda. The Ring jurnali talqiniga ko‘ra iyun oyining eng yaxshi bokschilari

Reytingda ikkinchi o‘rinni birinchi yarim yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue egalladi.

Kuchli uchlikni yarim yengil vazn toifasida WBA, WBC va WBO chempioni Terens Krouford yakunlab bergan.

The Ring talqiniga ko‘ra top-10 lik quyidagicha ko‘rinish olgan:

Oleksandr Usik, og‘ir vaznda WBA, WBO va WBC chempioni;

Naoya Inoue, birinchi yarim yengil vaznda mutlaq jahon chempioni;

Terens Krouford, yarim yengil vazn toifasida WBA, WBC va WBO chempioni;

Saul Alvares, super o‘rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni;

Jessi Rodriges, birinchi o‘ta yengil vazn toifasida WBC chempioni;

Arter Beterbiyev, yarim og‘ir vaznda IBF, WBC va WBO chempioni;

Dmitriy Bivol, yarim og‘ir vaznda WBA chempioni;

Jervonta Devis, yengil vazn toifasida WBA chempioni;

Errol Spens, yarim o‘rta vazn toifasi vakili;

Zyunto Nakatani, o‘ta yengil vazn toifasida WBC chempioni.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!