NYT: Bayden saylov poygasidagi muammolarni debatlardan so‘ng tushundi

NYT: Bayden saylov poygasidagi muammolarni debatlardan so‘ng tushundi

AQSh prezidenti Jo Bayden muvaffaqiyatsiz bahsdan so‘ng qiyin ahvolda ekanini tushundi va kampaniyani davom ettirish yoki yo‘qligini ko‘rib chiqmoqda, deb yozadi New York Times.

Bayden o‘z tarafdoriga poygada qolish-qolmasligini o‘ylab ko‘rayotganini aytgan. U nomzodini saqlab qola olmasligini biladi, deydi nashr.

Nashr suhbatdoshiga ko‘ra, AQSh prezidenti saylovchilar qo‘llab-quvvatlashiga erishishi uchun uning navbatdagi chiqishlari, jumladan, ABC telekanaliga juma kuni rejalashtirilgan intervyu yaxshi o‘tishi kerakligini tushunib yetgan.

U shu kabi yana ikkita tadbir bo‘lsa, biz butunlay boshqacha vaziyatda tushishimizni biladi, deya Bayden tarafdori muvaffaqiyatsiz munozarani izohlagan.

Baydenning ismi sir qolishni istagan katta maslahatchisi nashrga AQSh prezidenti siyosiy muammolarga duch kelayotganini juda yaxshi bilishini aytgan.

AQSh prezidentligiga da’vogarlar Jo Bayden va Donald Tramp o‘rtasidagi ilk debat 28 iyun kuni Atlantada bo‘lib o‘tgan edi. Bayden debat davomida duduqlanib, fikrlarini aniq ifoda eta olmagan va bahs oxirida rafiqasi Jill yordamida sahnadan tushgan.

Amerikalik siyosatchilar va jurnalistlar Demokratik partiya Baydendan voz kechib, boshqa nomzod ko‘rsatishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Bayden va Trampning ikkinchi debati 10 sentyabrga belgilangan. AQShda prezidentlik saylovlari 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!