AI tufayli Google issiqxona gazlari emissiyasini oshiradi

AI tufayli Google issiqxona gazlari emissiyasini oshiradi

Google kompaniyasining issiqxona gazlari chiqindilari 2023 yilda 2019 yilga nisbatan 48 foizga va o‘tgan yilga nisbatan 13 foizga oshgan. Bu haqda kompaniyaning ekologik hisobotida aytiladi.

Kompaniya ekologik barqarorlikni ta’minlash strategiyasi va maqsadlari yo‘lida erishilgan yutuqlarni baholovchi hisobotni e’lon qildi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, chiqindilar miqdori oshishiga asosiy sabab sun’iy intellekt (AI) tizimlarini boshqarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar markazlari tomonidan elektr energiyasi iste’molining oshishi bo‘lgan.

«Biz sun’iy intellektni mahsulotlarimizga integrasiya qilishda davom etar ekanmiz, AI hisoblash intensivligi va texnik infratuzilmaga investisiyalar hajmining oshishi bilan bog‘liq emissiyalar tufayli ortib borayotgan energiya talabi tufayli emissiyalarni kamaytirish qiyin bo‘lishi mumkin», deyiladi hisobotda.

Hisobotda qayd etilishicha, 2023 yilda Google ma’lumotlar markazlarida elektr energiyasi iste’moli 17 foizga oshgan.

Kompaniya «AIning kelajakdagi atrof-muhitga ta’siri murakkab va oldindan aytish qiyin» ekanligini tan oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!