O‘zbekistonga Qur’onning qadimiy nusxasidan parchalar olib kelinadi

O‘zbekistonga Qur’onning qadimiy nusxasidan parchalar olib kelinadi

Bu haqida O‘zbekiston olimlar forumida ma’lum qilindi.

O‘zbekistonga Temuriylar va Usmoniylar davridan qolgan qadimiy Qur’on nusxalaridan parchalar olib kelinib, albomga yig‘ilishi rejalashtirilmoqda.

“Buyuk ajdodlar merosi - III Renesans poydevori” forumi doirasida Qur’oni Karimning dunyodagi va O‘zbekistondagi nodir, bezakli nusxalari loyihasi va uning ilmiy ahamiyati, Islom svilizasiyasi markazida saqlanayotgan nodir Qur’on qo‘lyozmalari katologini yaratish, Temuriy Qur’onning ikkinchi nusxasini yaratish kabi loyihalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, “Qur’oni Karim” zalining ko‘rinishi qanday bo‘lishi haqida 100 dan ziyod takliflar muhokama qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!