«Liverpul» Salohning Olimpiadada ishtirok etishiga ruxsat bermadi

«Liverpul» Salohning Olimpiadada ishtirok etishiga ruxsat bermadi

Misr futbol assosiasiyasi har qancha istamasin Muhammad Saloh Parij Olimpiadasida ishtirok etmaydigan bo‘ldi.

The Athletic nashri xabariga ko‘ra, Saloh Misr olimpiya jamoasidan taklif olgan, ammo «Liverpul» o‘z yetakchisining Olimpiadaga borishiga ruxsat bermagan. Ingliz klubi yangi bosh murabbiyi Arne Slot Vataru Endoni ham Yaponiya safida Parijga yo‘l olishiga to‘sqinlik qilgan. Murabbiy har ikki futbolchining APL yangi mavsumi oldidan «Liverpul» safida yig‘inlarda ishtirok etishini istagan. «Liverpul» klubi bu borada Misr va Yaponiya futbol federasiyalariga rad javobini bergan.

Eslatib o‘tamiz, Misr O‘zbekiston, Ispaniya va Dominikan Respublikasi bilan bir guruhdan o‘rin olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!