Kopa Amerika. Guruh bosqichi ramziy jamoasi tuzib chiqildi

Kopa Amerika. Guruh bosqichi ramziy jamoasi tuzib chiqildi

WhoScored nashri Amerika kubogi musobaqasining guruh bosqichi ramziy jamoasini tuzib chiqdi. Argentina terma jamoasi Lionel Messi eesa guruh bosqichining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Messining o‘rtacha bahosi 8,51 ballga teng bo‘ldi. Lionel bitta o‘yinda golga assistentlik qilgan bo‘lsa, ikkita bahsda jami 6 ta golli vaziyatni yuzaga keltirdi.

Kopa Amerika. Guruh bosqichi ramziy jamoasi

Darvozabon: Klaudio Bravo (Chili, 7,78);

Himoyachilar: Daniel Munyos (Kolumbiya, 7,81), Ronald Arauxo (Urugvay, 7,73), Kristian Romero (Argentina, 7,72), Xon Aramburu (Venesuela, 8,1);

Yarim himoyachilar: Xames Rodriges (Kolumbiya, 8,12), Manuel Ugarte (Urugvay, 7,77), Moyses Kaysedo (Ekvador, 7,75), Maksimiliano Arauxo (Urugvay, 7,88);

Hujumchilar: Lionel Messi (Argentina, 8,51), Darvin Nunyes (Urugvay, 7,94).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!