Toshkentda fuqarolar chiqindi sababli janjallashdi

Toshkentda fuqarolar chiqindi sababli janjallashdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda fuqarolarning o‘zaro janjallashgani aks etgan video tarqaldi.

IIBB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, holat 2 iyul kuni Ohangaron tumani Yangihayot mahallasi "Veterok" dala hovlilari hududida sodir bo‘lgan.

1968 yilda tug‘ilgan fuqaro S.R. ko‘chaga chiqindi tashlagan vaqtida qo‘shnisi 1996 yilda tug‘ilgan I.N. bunga e’tiroz bildirgan va oralarida janjal kelib chiqqan.

Fuqarolar keyinchalik o‘zaro yarashib olishgani va voqea yuzasidan IIBga murojaat qilishmagan.

Hozirda Ohangaron tumani IIB tomonidan holat nazoratga olinib, qo‘shimcha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!