Braziliya Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Braziliya Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun, 3 iyul kuni Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Braziliya Federativ Respublikasining (qarorgohi Moskva shahrida) Favqulodda va Muxtor Elchisi Rodrigo de Lima Baena Soares bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda transport va logistika sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bilan bog‘liq jihatlar muhokama etildi.

Shuningdek, Braziliyaning yirik kompaniyalari bilan o‘zaro manfaatli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda ishtirok etgan Embraer kompaniyasi vise prezidenti Joao Pedro Taborda mamlakatimiz fuqaro aviasiyasi sohasidagi islohotlarni yuqori baholab, kompaniya ushbu soha yuksalishida o‘z texnikalari bilan ishtirok etishga katta qiziqish bildirayotganini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!