Namangan va Farg‘ona viloyatlarini bog‘lovchi yo‘l yopilmaganligi bildirildi

Namangan va Farg‘ona  viloyatlarini bog‘lovchi yo‘l yopilmaganligi bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangandan Farg‘onaga o‘tish uchun asosiy yo‘l bo‘lgan Ulug‘nor tumanidan o‘tgan katta yo‘l  berkligi haqida axborot tarqaldi.

Farg‘ona viloyati axborot xizmati tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Farg‘ona va Namangan viloyatlarini bog‘lab turuvchi magistral yo‘l ochiq bo‘lib, bu yerda hech qanday to‘siq qo‘yilmagan. 

Viloyat axborot xizmatining bildirishida, mazkur yo‘lda avtotransportlarga ham hech qanday cheklov qo‘yilmagani ta’kidlangan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!