FT: Yevropa Ittifoqi va Moldova kelasi hafta mudofaa shartnomasini imzolaydi

FT: Yevropa Ittifoqi va Moldova kelasi hafta mudofaa shartnomasini imzolaydi

Evropa Ittifoqi va Moldova kelasi haftada mudofaa va xavfsizlik sohasida hamkorlik bo‘yicha kelishuv tuzishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Financial Times.

FT ma’lumotlariga ko‘ra, Kishinyov Yevropa Ittifoqi bilan razvedka ma’lumotlari almashinuvini kuchaytiradi va qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarda qatnashishi mumkin bo‘ladi.

Moldova ham Yevropa Ittifoqining qurol xarid qilish bo‘yicha qo‘shma dasturiga qo‘shiladi.

Ta’kidlanishicha, tomonlar ushbu choralarni «xorijiy manipulyasiya, kibertahdidlar va terroristik xavflardan himoya» uchun ko‘rmoqda.


Nashrning ta’kidlashicha, yevropalik diplomatlar yaqin kunlarda hujjatni muhokama qiladi va u kelasi haftadayoq kelishib olinishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!