Xalqaro tashkilot ham Isroilga qurol yetkazib bermanglar deya jar solmoqda

Xalqaro tashkilot ham Isroilga qurol yetkazib bermanglar deya jar solmoqda

“Amnesty International” xalqaro huquqni himoya qilish tashkiloti AQSH, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarni Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatishga chaqirib, harbiy jinoyat ishtirokchisiga aylanib qolishdan ogohlantirdi.

– Isroil javobgarlikni his qilmay, G‘azodagi begunoh aholiga nisbatan harakati bilan urush qonunini tizimli va keng ko‘lamli ravishda buzishda davom etar ekan, ittifoqchilar, xususan AQSh va Buyuk Britaniya ushbu davlatga harbiy yordam berish va qurol sotishni to‘xtatishi kerak, – deyilgan tashkilot tarqatgan matbuot xabarnomasida.

Avvalroq Prezident Jo Bayden ham agar Isroil G‘azo sektoridagi amaliyotini kengaytirsa va Rafoh shahriga hujum uyushtirsa, avia bomba va zambarak snaryadi yetkazib berish to‘xtatilishidan ogohlantirgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!