Gruziya deputatlari yana parlamentda mushtlashib ketishdi

Gruziya deputatlari yana parlamentda mushtlashib ketishdi

Gruziya parlamentida xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qilish bo‘yicha konsensus yo‘qligi sababli mushtlashuv boshlandi, natijada texnik tanaffus e’lon qilindi.

14 may kuni Gruziya parlamenti uchinchi o‘qishda “Xorijiy ta’sirning shaffofligi to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildi, uni namoyishchilar “Rossiya qonuni” deb ataydi.

Qonun loyihasini muhokama qilish chog‘ida deputatlar o‘rtasida to‘qnashuvlar kelib chiqib, mushtlashuvga aylanib, o‘qishni noma’lum muddatga to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

Rejalashtirilgan harakat tufayli Gruziya polisiyasi parlament atrofiga kuchlarni safarbar qildi, binoga olib boruvchi asosiy yo‘llarni o‘rab oldi.

Namoyishlarda muxolifat, jamoat va yoshlar tashkilotlari vakillari, mahalliy oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etmoqda. Ularning xavfsirashi shundaki, yangi qonun repressiv mexanizmga poydevor qo‘yadi va kelajakda mamlakatning yevro hududiga integrasiyalashuvida qiyinchiliklar tug‘diradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!