Levandovskiga 2020 yil uchun «Oltin to‘p» topshirilishi mumkin

Levandovskiga  2020 yil uchun «Oltin to‘p» topshirilishi mumkin

Robert Levandovski 2020 yilgi natijalari uchun «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishi mumkin. Bu haqda Diario Sport xabar bermoqda.

France Football nashri koronavirus pandemiyasi sababli 2020 yilda topshirilmagan «Oltin to‘p»ni o‘z egasiga topshirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. «Bavariya» safida to‘p surgan polshalik forvard o‘sha mavsumda 47 o‘yinda 55ta golga mualliflik qilgandi.

2021 yilda esa bu sovrin Messiga topshirilgan, Levandovski esa 2-o‘rinni egallagandi. Shu tariqa, Robert «Oltin to‘p»ga ega chiqmagani bois France Football tanqidlar ostida qolgandi. Nashr rahbariyati oradan 4 yil vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, sovrinni polshalik hujumchiga topshirish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Ma’lumot uchun, Levandovski hozirda «Barselona» sharafini himoya qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!