Toshkent shahrida jinoyat sodir etgan ikki nafar shaxsga qidiruv elon qilindi

Toshkent shahrida jinoyat sodir etgan ikki nafar shaxsga qidiruv elon qilindi

Toshkent shahri IIBB fuqarolardan qidiruvdagi jinoyatchilarni topishda ko‘mak so‘ramoqda.

Rasulov Sarvar Shavkatjonovich 1980 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida («Firibgarlik») nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Azizov Oybek Alisher o‘g‘li 1996 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-4-qismlarida («Firibgarlik») nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Agarda Rasulov Sarvar Shavkatjonovich hamda Azizov Oybek Alisher o‘g‘li haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz yoki ularga o‘xshash shaxsni ko‘rsangiz, 98-302-01-00, 98-124-22-26, 71-230-97-08 yoki 102 raqamlari orqali xabar berishingizni so‘raladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!