Isroil tanklari Rafahning sharqiy qismiga kirdi

Isroil tanklari Rafahning sharqiy qismiga kirdi

Isroil tanklari Rafah sharqidagi aholi yashash joylariga kirdi. Reuters xabariga ko‘ra, shahar ko‘chalarida allaqachon to‘qnashuvlar boshlangan.

Guvohlarning aytishicha, Isroil bir qancha binolarni bombardimon qilganidan so‘ng shaharning sharqiy qismida portlashlar eshitilmoqda, tutun ko‘rinmoqda.

Avvalroq Isroil qurolli kuchlari vakili Daniel Hagari ijtimoiy tarmoqda murojaat qilib, Rafahdagi harbiy operasiya davom etishini aytgan va tinch aholini evakuasiya qilinishga chaqirgan edi. U harbiylarning xatti-harakatlari tinch aholiga emas, hamaschilarga qaratilganini ta’kidladi.

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, 6 maydan beri Rafahni 450 mingga yaqin odam tark etgan. Ulardan ba’zilari Al-Mavasiy hududiga - qumli sohilga ko‘chib o‘tgan. Ta’kidlanishicha, u yerda sanitariya va boshqa normal hayot uchun zarur bo‘lgan infratuzilma mavjud emas.

Avvalroq G‘azoning faol janglar ketayotgan boshqa tumanlaridan bir millionga yaqin qochqin Rafahga evakuasiya qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!