Britaniya polisiyasi elektromagnit qurollar bilan qurollanadi

Britaniya polisiyasi elektromagnit qurollar bilan qurollanadi

Britaniya polisiyasi elektromagnit qurollar bilan qurollanishi, ular jinoyat sodir etishda foydalaniladigan elektr velosiped yoki elektroskuterlarning dvigatellarini o‘chirib qo‘yishi mumkin.

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining Mudofaa fanlari va texnologiyalari laboratoriyasi tomonidan ishlab chiqilayotgan elektromagnit qurol bir necha oy ichida huquq-tartibot idoralari xodimlari ixtiyorida paydo bo‘lishi mumkin, deb yozadi Guardian gazetasi.

Qayd etilishicha, qurilma ryukzak bilan birga bo‘ladi va u “Arvoh ovchilari” filmida foydalanilgan uskunani eslatadi. Elektromagnit qurollarning ishlash usuli shundaki, ular elektr motorining haddan tashqari qizib ketishi, uning avtomatik ravishda o‘chib ketishiga olib keladigan illyuziyani yaratadi.

Darvoqe, ishlab chiquvchilar aytganidek, elektromagnit qurollar an’anaviy ichki yonuv dvigatellari bo‘lgan avtomobillarni majburan to‘xtatishning samarali vositasi bo‘lishi mumkin.

Buyuk Britaniya bo‘ylab minglab jinoyatlarda elektr skuter va velosipedlardan foydalanilgan. Ularning yuqori tezligi va manevrligi jinoyatchilarga tezda jinoyat sodir etishga imkon beradi, masalan, o‘tkinchini talon-taroj qilish va tezda qochish uchun yo‘lakka chiqish.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!