O‘zbekistonga qimmatbaho toshlar olib kirish QQSdan ozod qilinadi

A A A
O‘zbekistonga qimmatbaho toshlar olib kirish QQSdan ozod qilinadi


2024 yildan 2027 yil boshigacha zargarlik buyumlarini tayyorlash uchun mo‘ljallangan qimmatbaho toshlar importi QQSdan ozod etildi.

Bu O‘zbekiston Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarda ko‘zda tutilgan.

«Turizm to‘g‘risida»gi qonunga ham o‘zgartirishlar kiritildi. Ularga muvofiq, bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida tashkil etilgan dam olish maskanlarida mavsumdan tashqari xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlar 2026 yil 1 yanvarga qadar daromad solig‘idan ozod qilinadi.

Mavsumdan tashqari bolalar oromgohlari negizida tashkil etiladigan dam olish maskanlarini majburiy sertifikatlash ham bekor qilindi.

Ushbu o‘zgartirishlar rasmiy e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!