Aka do‘stlari bilan borib, ukasini urgan yigitni do‘pposladi

Aka do‘stlari bilan borib, ukasini urgan yigitni do‘pposladi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Samarqandda maktab o‘quvchilari o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 8 may kuni Payariq tumani "Qumchuq" mahallasida yashovchi voyaga yetmagan 2007 yilda tug‘ilgan bola hamda tumanning "Go‘zal" mahallasida yashovchi voyaga yetmagan 2008 yilda tug‘ilgan bola o‘rtasida do‘kon ichida o‘zaro tortishuv yuzaga kelgan. Natijada, ulardan biri maktabga borib, o‘zining 9-sinf akasini yordamga chaqirib kelgan. Akasi ukasini tarafini olish maqsadida o‘rtoqlari bilan kelib, ukasi bilan janjallashgan bolani do‘pposlagan.

Ushbu holat do‘kon ichidagi kuzatuv kameralariga muhrlanib qolgan. Janjalda ishtirok etgan shaxslar yoki ularning yaqinlari tomonidan IIB yoki tibbiyot birlashmasiga murojaat qilinmagan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!