Rekxa Sharma: “O‘zbekistonda barcha sohalarda xotin-qizlar faolligi oshmoqda”

Rekxa Sharma: “O‘zbekistonda barcha sohalarda xotin-qizlar faolligi oshmoqda”

Samarqandda o‘tkazilgan Osiyo xotin-qizlar forumida qatnashgan Hindiston xotin-qizlar komissiyasi raisi Rekxa Sharma O‘zbekistonda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida oxirgi yillarda ko‘plab ishlar amalga oshirilganligini ta’kidladi.

Shuningdek, Sharma xonim yuksak darajada tashkil etilgan birinchi Osiyo xotin-qizlar forumi uchun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi.

"O‘zbekistonda barcha jabhalarda ayollarning faolligini ko‘ryapmiz. Ushbu forumga juda yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rilibdi. Panel sessiyalarda muhokama qilinayotgan masalalar xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlariga qaratilgan. Bilasizki, hozir zamonaviy axborot texnologiya davri. Shu boisdan ko‘proq ushbu yo‘nalishlarda ham ularning faolligiga erishish lozim. Jamiyatda ayollarning o‘z o‘rniga ega bo‘lishi uchun Osiyo qit’asidagi davlatlarning tajribasi esa muhim. Shu bois ushbu forum barcha ishtirokchi uchun nihoyatda ahamiyatli va dolzarb",

dedi Rekxa Sharma.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!