«An Nasr» Ronaldu bilan shartnomani uzaytirmoqchi

«An Nasr» Ronaldu bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonida ko‘proq qolishi mumkin.

Portugaliyalik hujumchi «An Nasr» bilan kelishuvni 2026 yilgacha uzaytirishni istisno etmayapti, deb yozmoqda jurnalist Ben Jeykobs.

Amaldagi shartnoma 2025 yilga qadar mo‘ljallangan.

Qayd etilishicha, saudiyalik menejerlar Ronalduni mamlakatda ko‘proq qolishini istashmoqda.

Ma’lumot uchun, 39 yoshli forvard bu mavsum Saudiya Pro ligasida 28 o‘yinda 33 ta gol urdi va 10 ta assist amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!