Samarqandda kiyimsiz yerkak bolalarni o‘g‘irlamoqchi bo‘ldimi? Munosabat bildirildi

Samarqandda kiyimsiz yerkak bolalarni o‘g‘irlamoqchi bo‘ldimi? Munosabat bildirildi

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati hududida bola o‘g‘rilari aniqlangani to‘g‘risidagi turli xabarlar tarqalmoqda.

Shuni ma’lum qilamizki, ushbu xabarlar yuzasidan mas’ullar tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar natijasi ushbu xabarlar asossiz va haqiqatdan yiroq ekanligini ko‘rsatmoqda.

Fuqarolardan vahima va sarosimaga tushmasliklarini hamda ishonchsiz, tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz.

Xususan, bugun ham ijtimoiy tarmoqlarda «Bolani o‘g‘irlamoqchi bo‘lishgan» mazmunidagi xabarlar tarqaldi.

Ushbu xabarlar ham asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Videodagi holat 2024 yil 13 may kuni soat 21:00lar atrofida Jomboy tumani Qo‘lbosti mahallasida sodir bo‘lgan.

Toshkent viloyati Chinoz tumanida yashovchi fuqaro S.A. ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishgan ayolning Jomboy tumani Qo‘lbosti mahallasidagi yashash uyiga kelgan vaqtida ayolning yaqinlari uni ushlab olib, urib tan jarohati yetkazgan.

Hozirda holat yuzasidan Jomboy tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!