Dronlar Rossiyaning eng yirik neftni qayta ishlash zavodiga hujum qildi

Dronlar Rossiyaning eng yirik neftni qayta ishlash zavodiga hujum qildi

11 may, shanbaga o‘tar kechasi Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka bosh boshqarmasining dronlari Rossiyaning Volgograd neftni qayta ishlash zavodiga hujum qildi, deya xabar bermoqda «Ukrainska pravda» Bosh razvedka boshqarmasidagi manbaga tayanib.

“11 mayga o‘tar kechasi Rossiya yana «gumburladi». Soat 03:45 da Bosh razvedka boshqarmasining uchuvchisiz uchoqlari «Lukoyl-Volgogradneftepererabotka»ga qarashli Volgograd neftni qayta ishlash zavodiga uchib bordi. AVT-1 va AVT-6 neftni birlamchi qayta ishlash zavodlari shikastlangan”, — dedi manba.

Nashr manbasining xabar berishicha, qurilmalarning hozirgi holatiga aniqlik kiritilmoqda. Shu bilan birga, havo sovutgichlarining boshqaruv kabeli shikastlangani, natijada yettita muzlatgich o‘chirilgani ma’lum. P-1 pechining mo‘ri ham shikastlangan.

Rossiya jamoatchiligi va ayrim ommaviy axborot vositalari 11 mayga o‘tar kechasi Volgograd va Kursk viloyatlari uzra yettita uchuvchisiz samolyot urib tushirilgani haqida xabar bergan.

«Lukoyl-Volgogradneftepererabotka» Rossiya Federasiyasining Janubiy Federal okrugidagi eng yirik neft mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi bo‘lib, zavodning quvvati 14,8 million tonnani tashkil etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!