Sirdaryo hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Sirdaryo hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Xudjamov Bobur Alisher o‘g‘li Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari — viloyat investisiyalar, sanoat va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Bobur Xudjamov 1991 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2013 yilda Toshkentdagi Singapur menedjmentni rivojlantirish instituti va 2015 yilda Kardiff Metropolitan universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. Ushbu tayinlovga qadar Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi Yangi investorlarga hamkorlik qilish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlayotgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!